Mening kitob javonim

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud:
Kitoblar – 415 ta;
Jurnallar – 14 ta;
Bukletlar – 15 ta.

Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir.

Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan kitoblar soni 61 ta bo’lsa, 2009 yilda chop etilgan kitoblar 29 tani tashkil etadi.

Eng ko’p kitobi bor muallif Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bo’lib, u kishi mualliflaridagi mendagi kitoblar soni 49 tadir.

Menda mavjud kitoblar ichida “Sharq” nashriyotida chiqqan kitoblar soni boshqa nashriyotlarnikidan ko’pdir. Bu nashriyot kitoblari soni 102 tadir. Keyingi o’rinlarni “O’qituvchi”, “Movarounnahr”, “G’afur G’ulom” nomidagi nashriyotlar band etgan.

Eng ko’p kitoblar Toshkentda chop etilgan. Toshkentdan keyingi safda Almaty va Moskva shaharlari kelyapti.

Kitoblarning 333 tasi ўзбекча (кирилл алифбосида), 45 tasi ruscha, 14 tasi arab yozuvidagi, 8 tasi turkcha, 7 tasi lotin alifbosidagi o’zbek tilida, 6 tasi inglizcha, 2 tasi qozoqchadir.

Mavzusi bo’yicha eng ko’p kitoblar hadis ilmiga oiddir. Romanlar, tarixiy adabiyotlar va [oetik janrdagi kitoblar ham ko’p.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *